Dunyoning taniqli futbol agenti Mino Rayola 54 yoshida vafot etdi

Taniqli futbol agenti Mina Rayola 55 yoshda vafot etdi. Bu haqda uning oilasi tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, u uzoq vaqt davom etgan xastalik tufayli vafot etgan. Bir necha kun ilgari OAV uni vafot etganini ma’lum qilgan, keyinchalik bu o’z tasdig’ini topmagandi.

Eslatib o’tamiz, Mino Rayola Zlatan Ibrahimovich, Pol Pogba, Erling Holand, Mateys De Ligt singari futbolchilarning agenti hisoblanardi.

sportbox.ru