Belgiya futbol assotsiatsiyasi milliy jamoaning yangi bosh murabbiyini e’lon qildi.
Qirollik futbol assotsiatsiyasi xabariga ko’ra, Domeniko Tedesko milliy jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Germaniya fuqarosi sanalmish italyan-nemis mutaxassisi bilan Yevropa chempionati-2024 yakunigacha shartnoma imzolangan. U JCh-2022dan keyin iste’foga chiqarilgan Roberto Martines o’rnini egalladi.
Eslatib o’tamiz, Domeniko Tedesko bungacha Moskvaning «Spartak», «Shalke-04» va «RB Leypsig» klublarni boshqargan edi. Belgiya milliy jamoasini boshqarish uchun Tedeskodan tashqari, Yoaxim Lyov va Andre Villash-Boash nomzodi ham bor edi.
Izohlarni ko`rish