Merix Demiral zilziladan jabrlanganlarga yordam berish uchun Krishtianu Ronalduning futbolkasini sotadi.
«Men hozirgina Krishtianu bilan gaplashdim. U Turkiyada sodir bo’lgan voqeadan juda xafa ekanligini aytdi.
Kolleksiyamdagi Ronaldu imzosi tushirilgan futbolkani kimoshdi savdosiga qo’yamiz. Undan tushgan barcha mablag’ xayriya qilinadi va zilzila sodir bo’lgan hududda ishlatiladi», — deb yozdi «Atalanta» klubi va Turkiya milliy jamoasi himoyachisi o’zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Futbolchilar «Yuventus»da birga o’ynashgan. Krishtianuning aynan Turin klubidagi libosi autsionda sotiladi.
Eslatib o’tamiz, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida 7,8 magnitudali zilzila sodir bo’ldi, undan keyin 40dan ortiq yer silkinishi qayd etildi. Natijada 5 mingdan ortiq odam halok bo’ldi, 20 mingdan ortiq kishi jarohat oldi.