Braziliya terma jamoasi Jahon Chempionatida rekord qayd etdi

Braziliya terma jamoasi JCh—2022 2-turida Shveysariya ustidan 1:0 hisobida g’alaba qozondi.

Tite shogirdlari dastlabki turda Serbiyani ham 2:0 hisobida taslim etgan edi. Uchinchi turda «pentakampionlar» Kamerunga qarshi bahs olib boradi.

Braziliya terma jamoasi Jahon Chempionatida rekord qayd etdi. Janubiy Amerika vakili guruh bosqichlaridagi mag’lubiyatsiz seriyasini 17 taga yetkazib oldi. Bu mundiallar rekordi hisoblanadi. Braziliya so’nggi bor 1998 yilgi Jahon Chempionati guruh bosqichida Norvegiyaga (1:2) mag’lub bo’lgandi.