Boks bo'yicha jahon chempionati janglariga kirish mutlaqo bepul

Boks bo’yicha jahon chempionati tashkiliy qo’mitasi qaroriga ko’ra, 1-10 may kunlari musobaqa janglarini tomosha qilish uchun «Humo Arena»ga kirish bepul etib belgilandi.

Arenaga tashrif buyuring, o’zbek va jahon boksi yulduzlari ishtirokidagi janglarni bevosita tomosha qiling!