«Bir kun kelib Leo yana «Barselona»ga qaytadi»

«PSJ» hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi Barselonaga bordi va jurnalistlar bilan suhbatda o’g’li bir kun kelib yana Kataloniyaga qaytishini aytdi.

«Umid qilamanki, Leo bir kun kelib yana «Barselona»ga qaytishiga imkoniyat bo’ladi», — dedi Xorxe.

Eslatib o’tamiz, argentinalik hujumchi o’tgan yozda «ko’k-anorranglilar»ni tark etishga majbur bo’lgandi. Bunga «Barsa»ning moliyaviy feyr-pley bilan bog’liq muammolari sabab bo’lgandi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Messi barcha musobaqalarda parijliklar safida 33ta o’yin o’tkazib, 11ta gol va 13ta assist amalga oshirishga muvaffaq bo’ldi.