Bektemir Meliqo'ziyev perulik raqibini nokautga uchratdi

Los-Anjelesda bo’lib o’tgan boks oqshomida o’zbekistonlik bokschi perulik Devid Segarraga qarshi jang qildi. Ikkinchi raundda Meliqo’ziyev raqibining tanasiga kuchli zarba yo’lladi. Bu perulik bokschining texnik nokauti uchun yetarli bo’ldi.

Shu tariqa o’zbekistonlik bokschi professional boksdagi o’zining 9-g’alabasini nishonladi.