«Barselona» prezidenti Joan Laporta kelasi hafta jamoaga ikki futbolchi – himoyachi Andres Kristensen va yarim himoyachi Frank Kessie kelishini ma’lum qildi.
«Biz chorshanba kuni Kessieni, payshanba kuni esa Kristensenni tanishtiramiz», – deya Laportadan iqtibos keltirgan jurnalist-insayder Fabritsio Romano.
Ikkala futbolchi ham shu yozda erkin agentga aylanishdi, Kristensen “Chelsi”ni, Kessie esa “Milan”ni tark etdi.
Yarim himoyachi «Milan» safida 223 o’yin o’tkazib, 37 gol urgan va 16 golga assistentlik qilgan. O’tgan mavsumda Frank klub bilan Italiya chempioniga aylandi.
Kristensen 2012 yildan buyon “Chelsi”da harakat qilar edi. Jamoa tarkibida u Angliya kubogi, Angliya liga kubogi, Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va UEFA Superkubogi, shuningdek, klublar o’rtasidagi jahon chempionatida g’olib chiqdi.