Bangkokda bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatida o'zbekistonlik 19 nafar kikboksingchi finalga yo'llanma oldi

Ma’lumki, shu kunlarda Tailandning Bangkok shahrida Kikboksing sport turi bo’yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Unda 18 ta davlatdan 379 nafar sportchi qatnashmoqda.

Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan 27 nafar o’zbekistonlik kikboksing sportchidan 19 tasi finalga yo’lanma oldi.

Bugun, 17 dekabr kuni 8 nafar kikboksing ustasi finalda qatnashmoqda. Hozirgi vaqtda ular 3 ta oltin medal sohibi bo’lishdi va Osiyo chempionlari unvonini qo’lga kiritishdi:

🥇Kosolapov Sergey – 69 kg;

🥇Choriyeva Malika – 65 kg;

🥇Sodikov Asilbek – 60 kg.

Chempionat musobaqalari davom etmoqda. Qizg’in davom etayotgan bellashuvlarni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://www.facebook.com/KickBoxingThaiOfficial

Barcha hamyurtlarimizni bunday katta zafar va g’alaba bilan tabriklaymiz! Oltin medallar soni yanada ortishiga ishonamiz.

Ma’lumot uchun, musobaqalar bugun va ertaga davom etadi.