So’nggi kunlarda Lionel Messining «Al-Hilol»ga o’tishi haqidagi mish-mishlar faol tarqalmoqda. Saudiya klubi argentinalik futbolchiga shunchaki kosmik mablag’ – yiliga 400 million yevro to’lashga tayyorligi haqida ma’lumotlar bor.
«Al-Hilol» bosh murabbiyi Ramon Dias matbuot anjumanida Messining transferi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
«Hozir bor e’tiborimizni final o’yiniga qaratganmiz. Va keyin nima bo’lishini ko’ramiz», – deb javob berdi Dias.
Eslatib o’tamiz, Lionel Messining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi iyun oyining so’nggi kunida tugaydi.
Izohlarni ko`rish