Sky Sports xabariga ko’ra, «Al-Hilol» Lionel Messini taklif qilish variantidan bosh tortmagan.
Manbaga ko’ra, agar shartnoma imzolansa, argentinalik futbolchi yiliga 200 million funt sterlingdan ko’proq maosh oladigan dunyoning eng ko’p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.
Bundan tashqari, Saudiya klubi rahbariyati “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne va “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh bilan shartnoma imzolash niyatida.
Oldinroq Messining otasi «Al-Hilol» bilan o’g’lining transferi borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi. Keyinchalik ba’zi OAV bu ma’lumotni rad etdi.
35 yoshli argentinalik futbolchi 2021 yil avgustidan beri “PSJ” safida to’p suradi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 22 ta o’yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga yetadi.