Akaga «An-Nasr» yoqmay qoldi!

Portugaliyalik mashhur yulduz Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonidan ketishi mumkin

Mundo Deportivo xabariga ko’ra, Ronalduga “An-Nasr”ning rivojlanish strategiyasi yoqmayapti va shartnomasini bekor qilmoqchi.

Hozirda Yevropadan jamoa izlash ishlari boshlab yuborildi.

Avvalroq 38 yoshli portugaliyalik futbolchi «Nyukasl»ga o’tishi mumkinligi xabar qilingandi. Ma’lumot uchun, Ronalduning riyodliklar bilan shartnomasi 2024 yilda yakunlanadi. U yiliga 200 million yevro ishlab topadi.