Abdumalik Xalokov avstraliyalik raqibi ustidan ishonchli g'alabaga erishdi

Boks mundialining yettinchi kungi janglari start oldi.

-57 kg vazn toifasida o’zbekistonlik Abdumalik Xalokov nimchorak final jangini o’tkazdi. Unga avstraliyalik Charli Senior raqiblik qildi. Jang to’liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan Abdumalik Xalokov g’alaba qozondi.

Qayd etish joiz, mazkur g’alabasi orqali vaznning oltinchi raqamli bokschisi bo’lmish Abdumalik Xalokov chorak finalga yo’l oldi.

Endilikda hamyurtimiz chorak final bosqichida iordaniyalik Yussef Iashaish bilan to’qnash keladi. Iashaish nimchorak finallda armanistonlik Artur Bazeyandan ustun kelgan edi. Xalakov hamda Iashaish o’rtasidagi jang 10 may kuni bo’lib o’tadi.