14-17 oktyabr kunlari Hindistonning Mumbay shahrida Xalqaro Olimpiya qo’mitasining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tadi.
Unda 2030 yilgi qishki Olimpiya o’yinlari mezboni aniqlanadi. Bu borada tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda. XOQ sessiyasidan bir necha kun oldin tashkilot ijroiya qo’mitasi yig’ilishi ham bo’lib o’tadi. 14 oktyabr kuni sessiyaning ochilish marosimi o’tkaziladi. Muhokamalar 15 oktyabrdan 17 oktyabrga qadar davom etadi.
Bunga qadar Olimpiada-2030ni o’zida qabul qilish uchun Kanadaning Vankuver va Uistler, Yaponiyaning Sapporo hamda AQShning Solt-Leyk-Siti shaharlari ariza topshirgandi.
2024 yilgi Olimpiada Parijda bo’lib o’tadi. 2026 yilgi qishki Olimpiya bahslari esa Italiyaning Milan hamda Kortina-d’Ampesso shaharlarida o’tkazilsa, 2028 yilgi yozgi Olimpiada Los-Anjelesda bo’lib o’tadi.