Kasalliklarni yengib omadga erishgan yulduzlar (+Foto)

Yulduzlarning hayoti oddiy muxlislar uchun tashvishsiz va baxtlidek ko’rinadi. Go’yoki, ularning hayotida muammolar, kasalliklar, qiyinchiliklar hech qachon sodir bo’lmaydigandek. Ammo kasalliklardan holi bo’lish imkoniyati hech bir insonga berilmagan.

Taniqli model Bella Xadid har kuni suratga olish ishlari o’rtasidagi tanaffuslar vaqtida osma ukol olishi haqida bilasizmi? Mashhur realiti shou yulduzi Kim Kardashyan esa eng katta orzularidan biri psoriaz kasalligi ustidan g’alaba qozonish ekanligini aytgan edi. Bugun turli kasalliklar va muammolarga qaramay, hech qachon mehnat qilishdan tinmaydigan, o’z sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan yulduzlar haqida suhbatlashamiz.

Ledi Gaga

Kasalliklarni yengib omadga erishgan yulduzlar (+Foto)
2017 yilda Ledi Gaga o’zida surunkali fibromialgiya kasalligi bor ekanligi haqida so’zlagan edi. Xonanda 2013 yilda tanasida chidab bo’lmas og’riqlar kuzatilayotgani, buning sababini aniqlay olmayotgani haqidagi ma’lumotlarni muxlislari bilan bo’lishgan. “Men fibromialgiya kasalligi bilan og’rigan insonlarga yordam berishni va ularni imkon qadar birlashtirishni istardim. Biz barchamiz o’z hikoyalarimiz orqali o’zaro yordam berishimiz mumkin” degan edi taniqli xonanda.

Fibromialgiya bilan og’rigan insonlar uyqu sifatining yomonligi, mushaklardagi og’riq, doimiy charchoq, hotiraning yo’qolishi, e’tiborsizlikdan aziyat chekadilar. Bugungi kunda dunyodagi odamlarning 4%i aynan mana shu kasallikka chalingan ekan.

Merilin Monro

Kasalliklarni yengib omadga erishgan yulduzlar (+Foto)
Afsonaviy aktrisa Merilin Monro haqidagi mish-mishlar haddan tashqari ko’p. Ayrim tarixchilar uning biroz g’alatiroq qadam tashlashiga sabab bir oyog’i ikkinchisidan kaltaroq bo’lgani ekanligini aytishadi. Aktrisa esa ushbu kamchilikni bildirmaslik maqsadida qadam tashlagan vaqti raqsga tushgandek harakat qilib yurgan.

Bundan tashqari aktrisada ruhiy muammolar ham yetarlicha bo’lgan. U uyqusizlik va eyforiya hurujlaridan aziyat chekkan. Kasallik uning ish faoliyatiga ham ta’sir qilgan, suratga olish ishlariga salbiy ta’sir ko’rsatgan.

Kim Kardashyan

Kasalliklarni yengib omadga erishgan yulduzlar (+Foto)
Kim Kardashyanning bir kun davomida millionlab dollar ishlab topishini ko’pchilik biladi. U 2017 yilda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Yangi yil bayramiga eng katta sovg’a – uning uchun psoriazning yo’q bo’lib ketishi ekanligini aytib o’tgandi. U ko’p yillar davomida buning uchun maxsus parxez tutgan, har kuni teriga kerm surtib yurishga majbur bo’lgan, ko’plab dori vositalarini qabul qilgan.

Norman Ridus

Kasalliklarni yengib omadga erishgan yulduzlar (+Foto)
“Yuradigan murdalar” seriali yulduzi Norman Ridus ham salomatlik bobidagi ko’plab muammolarga duch kelgan.

U 2005 yilda Germaniyada avtohalokatga uchragan, shundan keyin aktyor chap ko’zidan ayrilgan. Bundan tashqari, yuzining chap tomonidagi suyaklari parchalanib ketgan. Operatsiyalar vaqtida unga 4 ta metall shtift qo’yilgan, chap ko’zi esa titan plastina bilan almashtirilgan.

Bella Xadid

Kasalliklarni yengib omadga erishgan yulduzlar (+Foto)
2015 yilda Bella Xadidga og’ir kasallikka chalingani aytildi, unga Laym kasalligi tashhisi qo’yilgan. Ushbu kasallik kana chaqishi oqibatida paydo bo’ladi, Bellaning onasi va ukasi ham aynan mana shu kasallikdan aziyat chekadilar. Kasallik doimiy bosh og’rig’i, mushaklardagi og’riq, zaiflik, bezgak, charchoq, qisman shollik, uyqusizlik va tushkunlik bilan kechadi. Bella har kuni osma ukol oladi va muntazam ravishda antibiotiklarni qabul qiladi. Ba’zan supermodel og’riqlar sababli suratga olish ishlarini bekor qilishga ham majbur bo’lar ekan.

Lil Ueyn

Kasalliklarni yengib omadga erishgan yulduzlar (+Foto)
Taniqli reper Lil Ueyn bolalikdan tutqanoq kasaligidan aziyat cheksa-da ijodda katta yutuqlarga erisha oldi. O’zining aytishicha, kasallikni yengishda unga onasi katta yordam bergan.

2017 yilda reper 3 ta ketma-ket hurujdan keyin zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan.

“Avval ham  ko’p bora huruj bo’lardi, ammo bu safar ahvolim haqiqatan yomon edi. O’lib qolishim ham mumkin bo’lgani sababli tez yordamni chaqirishga majbur bo’ldik. Bu hurujlar shunchaki bo’lgani yo’q, ular muntazam ravishdagi stresslar, charchoq va dam olmasligim sababli kelib chiqqandi”.

Selena Gomes

Kasalliklarni yengib omadga erishgan yulduzlar (+Foto)
2015 yilda xonandaga teri silining bir turi deya tashhis qo’yilgan. Ushbu kasallikda teri toshmalar bilan qoplanadi, charchoq va mushaklarda og’riq hissi paydo bo’ladi. Kasallik oqibatida xonanda chuqur tushkunlikka tushgan. Selena kimyo terapiyasi kursi uchun gastrol safarlarini to’xtatgan. Ahvoli bir muddatga yaxshilangan, ammo tez orada kasallik qayta bosh ko’targan. 2017 yilga kelib unga dugonasi Fransiya Raysaning buyragi ko’chirib o’tkazildi.

Sia

Kasalliklarni yengib omadga erishgan yulduzlar (+Foto)
Xonanda Sia o’zi haqida boshqalarga so’zlab berishni unchalik yoqtirmaydi. Ammo uning hayoti kurashlar bilan to’la. U Londonga ko’chib kelganidan keyin sevgan insoni avtohalokat oqibatida olamdan o’tdi, shundan keyin xonanda chuqur tushkunlikka tushib qoldi.

Aynan mana shu vaqtda unga Greyvs kasalligi tashhisi qo’yildi. Ushbu kasallik odatda mushaklar zaifligi, jizzakilik va uzoq uhlash bilan kuzatiladi. 2010 yilda xonanda salomatligi sababli konsertlarini bekor qilgan ham edi.

Jek Osborn

Kasalliklarni yengib omadga erishgan yulduzlar (+Foto)
Jek Osborn 2012 yilda o’ziga hotiraning yo’qolishi tashhisi qo’yilgani haqida ma’lum qildi. Uning bir ko’zidagi ko’rish qobiliyati 60 % ga kamaygan. Jek bugungi kunda aynan shu kasallik bilan og’rigan bemorlar uchun hayriya fondini tashkil qilgan. Uning aytishicha, mazkur kasallik “hayotning yakuni” degani emas.

Kasalliklarni yengib omadga erishgan yulduzlar (+Foto)

Taniqli supermodel Jiji Xadid Xashimoto kasalligidan aziyat chekadi. Bu qalqonsimon bezning surunkali yallig’lanishi bo’lib, endokrin tizimiga katta zarar yetkazadi. Uni davolash haddan tashqari qiyin. Jiji hastalik tufayli so’nggi yillarda juda ozib ketdi, nashrlar esa modelning anoreksiyaga chalinganini tahmin qilgandilar.