Baliqchilar «Tashmore»dan bahaybat baliq tutib olishdi! (Foto)

24 aprel kuni Tuyabo’g’iz suv ombori(«Tashmore»)dan bir guruh shaxslar tomonidan  bahaybat baliq tutib olingan.

Baliqchilarning aytishicha, 35 kilogrammli mazkur suv jonivorini suvdan tortib olish uchun bir necha kishi suvga tushishiga to’g’ri kelgan.

Baliqchilar guruhi hozirda Tuyabo’g’iz suv ombori va uning atrofidagi kanallarda baliq ovlash yaxshilanganini aytishmoqda.