YuRAK HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Yurak homila to’rt haftalik bo’lganda ishlay boshlaydi va to umrimizning oxirigacha to’xtamaydi.

2. Homilaning yuragi daqiqasiga 140 marta uradi. 12 haftalik bo’lganda, u bir kecha-kunduzda 28 litr qonni o’zidan o’tkazadi.

3. Yangi tug’ilgan chaqaloqning tanasida bir stakan miqdorda qon bo’ladi.

4. Yoshi katta erkakning yuragi har daqiqada 72 marta uradi. Bu yurak kuniga 100 ming, yiliga 36, 5 million, hayoti davomida o’rtacha 2, 5 milliard marta uradi.

5. Ayol yuragi erkaknikiga nisbatan tezroq uradi. Bu daqiqasiga 78 martani tashkil etadi. Bir daqiqada yurak 5 dan 30 litrgacha qonni o’zidan o’tkazadi.

6. Hayotimiz davomida yurak o’zidan 5, 7 million litr qonni o’tkazadi.

7. Yurak urishi klapanlar ochilib-yopilgan mahal sodir bo’ladi.

8. Butun hayot davomida yurak o’zidan o’tkazadigan qon miqdori bilan suv miqdorini tenglashtirish uchun kranni 45 yil davomida ochiq qoldirishimiz kerak.

9. Yurak o’z elektr impulslarini ishlab chiqaradi. Demak, uni tanadan ajratib olinganda ham agar kislorod yetarli bo’lsa, to’xtamay ishlayveradi.

10. Yurak 75 trillionga yaqin to’qimalarni qon bilan ta’minlab turadi.

11. Bir kecha-kunduzda yurak ishlab chiqargan energiya bilan avtomobil 32 kilometr yo’lni to’xtamasdan bosib o’tishi mumkin. Agar bir umr ishlab chiqaradigan energiyani hisoblasak, avtomobil aynan shu energiya hisobiga Oygacha to’xtamay borib yana ortga qayta oladi.

12. Eramizdan avvalgi 304-250 yillari Xios orolida yashab o’tgan vrach Erazistrat birinchi bo’lib odamning yuragi nasos vazifasini ado etishi haqidagi fikrni ilgari surgan.

13. Kokain narkotik moddasi yurak faolligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu narkotikni qabul qilgan sog’lom odam ham infarkt yoki insultga yo’liqishi tayin.

Olimjon HAYIT tayyorladi