Kelgusi o’n yillikda dunyo aholisi yangi pandemiyaga duchor bo’lishi mumkin. Bu haqda mutaxassislarga tayanib, Bloomberg nashri yozmoqda deya xabar berdi Zamon.uz.
Viruslar tez-tez paydo bo’lganligi sababli keyingi o’n yillikda COVID-19 kabi halokatli pandemiya boshlanishi ehtimoli 27,5 foiz. Bunga iqlim o’zgarishi, xalqaro sayohatlar sonining ko’payishi, aholi soni va boshqa kasalliklar xavfi sabab bo’lmoqda.
Maqolada qayd etilishicha, sog’liqni saqlash mutaxassislari hozirda yangi potensial global tahdidga tayyorlanyapti. H5N1 parranda grippining tez tarqalishi ham xavotirga sabab bo’lmoqda. Hozirgacha bu faqat bir nechta odamda aniqlangan bo’lsada, qushlarda kasallanishning tez avj olishi va sutemizuvchilarda infeksiyalarning ko’payishi olimlar hamd hukumatlarda tashvish uyg’otdi. Virus mutatsiyaga uchrashi, shu orqali uning tarqalishini tezlashishi mumkin.