Muhabbat har narsaga qodir! Yaponiyalik malika Mako hayotidagi asosiy odamdan voz kechmaslikka va lokdaun muddati tugagandan so’ng u o’z hayotini oddiy advokat Komuro bilan bog’lashga qat’iy qaror qilganini tasdiqladi.
Ma’lum bo’lishicha, ular 2021 yil 26 oktyabrda rasman turmush quradi, ammo tantanali marosimlar bo’lmaydi. Rasmiy ro’yxatdan o’tilgandan so’ng ular faqat matbuot anjumani o’tkazadi. Ikkisi ham 2021 yil oxirida Nyu-York shahriga ko’chib ketishi kutilmoqda, u yerda juftlik imperator saroyi va unvonlaridan uzoqda hayot kechiradi.
Vaziyat kuyovning maqomi bilan emas, balki uning onasi – malikaning bo’lajak qaynonasi moliyaviy firibgarlikda ayblanishi bilan yomonlashdi. Bu holat imperator oilasi uchun haqiqiy sharmandalikka aylanib, juftlikning ommaviy qoralanishiga olib keldi va ularning nikohini uch yilga kechiktirdi.
Shuningdek, Malika Mako imperator oilasi bilan xayrlashgandan so’ng unga tegishli bo’lgan 150 million ienadan (taxminan 1,5 million dollar) voz kechdi. Mako Ikkinchi Jahon Urushidan buyon oddiy odamga turmushga chiqish uchun pul olmagan imperator oilasining birinchi ayol a’zosi bo’ladi. Yaponiya matbuoti xabariga ko’ra, yaqinda kelinga og’ir ruhiy kasallik tashxisi qo’yilgan, uni saroy shifokorlari «travmatik stress buzilishining bir shakli» deb ta’riflagan. To’yidan uch kun oldin 30 yoshni qarshi oladigan Mako imperator Naruxitoning jiyani. Mako va uning bo’lajak turmush o’rtog’i 2017 yil sentyabr oyida turmush qurishini e’lon qilganida, ular hali Tokio xalqaro xristian universitetining talabalari bo’lgan.