XOH IShONMANG, XOH IShONMANG… 1

XOH IShONMANG, XOH IShONMANG…

 

 

MARS SAYYoRASI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Mars Yerdan kichikroq. Uning yarim diametriga to’g’ri keladi.

2. Qachonlardir Marsda ham magnit maydoni mavjud bo’lgan. Lekin keyinchalik g’oyib bo’lgan va undagi atmosfera quyosh tomondan esgan shamollarda uchib ochiq fazoga chiqib ketgan.

3. Hozirgi paytda Mars atmosferasi zaharli gazlardangina iborat.

4. Marsda suv bor. Muz ko’rinishida albatta. Havo bosimi bu sayyorada shu qadar pastki, suyuqlikka aylangan suv o’sha zahoti qaynab, bug’ga aylanadi.

5. Marsning ikkita yo’ldoshi bor. Biri Deymos, ikkinchisi Fobos deb nom olgan. Birinchisining ma’nosi «Dahshat», ikkinchisiniki «Qo’rquv». Qachonlardir Fobos Mars bilan to’qnashadi-yu, yakson bo’ladi.

6. Marsning vazni Yer vaznining 10 foizigagina teng.

7. Marsda juda kuchli shamollar esadi. Biroq ular sayyoraga jiddiy xavf solmaydi.

8. Sayyoradagi changdan iborat bo’ronlar atmosferani qumlar bulutiga to’ldirishi tufayli o’ta xavfli sanaladi. Bo’ronlar oylab to’xtamaydi.

9. Marsdagi bir kun Yerdagidan yarim soatga uzunroq. Atmosferadagi siyraklik oqibatida tun va kun juda tez almashadi.

10. Qizil sayyorada Yerdagi kabi to’rt fasl — bahor, yoz, kuz va qish mavjud. Ammo ularning davom etish vaqti juda uzun.

11. Marsda Quyosh tizimidagi eng baland tog’ bor. Tog’ Olimp deb nomlangan. Bu tog’ning balandligi 27 kilometr keladi.

12. Mars juda sovuq sayyora hisoblanadi. Lekin yozda sayyora ekvatorida havo harorati +20 darajagacha ko’tariladi. Sayyoraning o’zida esa -45-50 darajani tashkil etadi.

13. Bir necha milliard yil oldin Marsda suv yetarlidan-da ko’proq bo’lgan. Faqat sayyora sovigach, suv muzga aylangan.

14. Havo haroratining sakrashi natijasida Marsda kunduzlari quruq, kechasi esa nam havo hukm suradi.

15. Marsda zich holdagi atmosfera mavjud bo’lmagani bois uning ustki qismiga qadam qo’ygan odam o’sha zahoti radiatsiya nurlari ta’sirida o’lim topadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *