PLUTON SAYYoRASI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Plutonning ilk nomi «X sayyorasi» deb atalgan. Pluton degan nomni Angliyadagi Oksford maktabida o’qiydigan qizaloq o’ylab topgan.
2. Pluton Quyoshdan eng uzoq masofada joylashgan sayyora hisoblanadi. Quyosh va sayyora oralig’idagi masofa 7375 mln kilometrga teng.
3. Plutonning Quyosh atrofida bir marta to’liq aylanib chiqishi uchun 248 yil kerak bo’ladi.
4. Plutonning atmosferasi azot, metan va uglerod aralashmasidan iborat.
5. Pluton jajji sayyoralar ichida o’z atmosferasiga ega yagona sayyoradir.
6. Pluton atmosferasi inson nafas olishi uchun umuman yaroqli emas.
7. Bu sayyora o’z o’qi atrofida aylanib chiqishi uchun 6 kun, 9 soat, 17 daqiqa zarur bo’ladi.
8. Plutonda Quyosh g’arbdan chiqib, sharqqa botadi.
9. Pluton eng jajji sayyora hisoblanib, umumiy vazni 1, 31 x 1022 kilogrammdan iborat.
10. Plutonning yo’ldoshi Xaron deb nomlangan. U ham hajmi bo’yicha deyarli Plutonga teng. Shuning uchun ularni egizak sayyoralar deb atashadi.
11. Plutongacha Quyosh nuri 5 soatda yetib boradi.
12. Pluton koinotdagi eng sovuq sayyoradir. Sayyoradagi o’rtacha havo harorati -229 darajaga teng.
13. Plutonning ustki qismida abadul-abad zulmat hukm suradi.
14. Plutonda Quyosh botish jarayoni har kuni kuzatilmaydi. Bu jarayon bir haftada bir marta yuz beradi.
15. Pluton tog’ jinslari va muzdan iborat.
16. Sayyora aniqlangandan beri 2178 yiligina Quyosh atrofini bir marta to’liq aylanib chiqadi.
17. Pluton o’z orbitasiga ega emas.
18. Plutonni yerdan turib maxsus uskunalarsiz ko’rib bo’lmaydi.
19. Plutonning ustki qismidan qarasangiz, Quyosh juda kichik nuqta ko’rinishida namoyon bo’ladi.
20. Plutonni 1930 yili K. Tombo ismli olim kashf etgan.
21. Pluton Oydan 6 karra yengilroq.
22. Agar Pluton Quyoshga juda yaqin borsa, kometaga aylanib qolgan bo’lardi.
23. Astrolog olimlarning aytishicha, ilgari Plutonning ustki qismi okeanlardan iborat bo’lgan ekan. Tag’in xudo biladi.
24. Plutonning asosiy rangi jigarrang.
25. Pluton Quyoshdan Yerga nisbatan 40 karra uzoqroqda joylashgan.
26. Plutonning ustki qismidagi bosim Yerga qaraganda 7000 karra kamroqni tashkil etgan.
27. Olimlarning taxmin qilishiga ko’ra, Plutonda 8 milliard yildan keyin albatta hayot uchun yaroqli atmosfera paydo bo’ladi.
28. Hind tilidan tarjima qilinganda, Pluton «do’zax qo’riqchisi» ma’nosini beradi.
Olimjon HAYIT tayyorladi