XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

TIPRATIKON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Bu jonivor ilk bor Yer yuzida 15 million yil oldin paydo bo’lgan.

2. Bitta tipratikonning tanasida taxminan 10 000 ta igna bor.

3. Tipratikonning ignalari uch yilda bir marta yangilanadi.

4. Tipratikonning 36 ta tishi bor va ular keksaygach, tushib ketadi.

5. Tipratikonning qishki uyqusi jami 128 kun davom etadi.

6. Tipratikon sichqon yeb kun ko’rishi shunchaki afsona. U sichqonni hayotda quvlab yeta olmaydi.

7. Tipratikonlarning ko’rish qobiliyati juda past. Ammo ranglarni a’lo darajada ajrata oladi.

8. Dunyodagi kalamush dori, sinil kislota va sulema deb nomlangan kuchli zaharlar tipratikonga umuman ta’sir o’tkaza olmaydi.

9. Tipratikon boshqa hayvonlar bilan tez til topishadi, odamga ham xuddi shunday juda tez o’rganadi.

10. Lo’lilarning an’anaviy taomi qovurilgan tipratikon hisoblanadi.

11. Dunyo bo’yicha tipratikonning 17 ta turi mavjud.

12. Tipratikonlar sutni jonidan ortiq ko’radi. Shu sababli ko’pincha fermalar yoniga in quradi.

13. Ular bir-biri bilan hushtak chalish orqali tillashadi.

14. Urg’ochi tipratikonning homiladorlik davri 7 hafta davom etadi.

15. Tipratikonlar asosan yolg’iz yashashni ma’qul ko’radi.

16. Yirik tipratikonlar o’rtacha 4-7 yil, maydalari esa 2-4 yil umr ko’radi.

17. Tipratikon erkagi hech qachon bolalar tarbiyasi bilan shug’ullanmaydi.

18. Agar urg’ochi jiddiy xavfni sezsa, bolalarini yeb bitiradi.

19. Ayrim tipratikonlarning ignasi zaharli bo’ladi.

20. Tipratikon suvdan o’lgudek qo’rqadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…