XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

HIDLAR HAQIDAGI HAQIQATLAR

 

1. Lavanda guli tabiiy antidepressant sifatida e’tirof etiladi. Gul hidi haqiqatan stressdan xalos bo’lishda yordam beradi.

2. Kunlarning birida gazetalardan birida qovurilgan tovuq hidi taralayotgan reklama e’lon qilishdi. Ammo bu gazetani do’konlar egalari sotishdan qat’iyan bosh tortishdi. Aytishlaricha, gazetani peshtaxtaga qo’ygandan do’kon oldida qopog’on daydi itlar to’lib keta boshlabdi.

3. Kosmonavtlarning aytishicha, oydagi tuproq changidan porox hidi kelarkan.

4. Hayotda nafaqat odamlar, balki hayvonlarning ham o’zi sevgan isi bo’ladi. Masalan, mushuklarga valeriana va yalpiz hidi yoqsa, tuya tamaki hidini xush ko’radi.

5. Biz har qanday hidni miyamizdagi alohida to’qimalar yordamida qabul qilamiz. Burun esa ularni miyaga yetkazib berish uchun xizmat qiladi xolos.

6. Katta shaharlarda yashovchilar 70 foiz hidni his eta olmaydi. Yovvoyi tabiat qo’ynida yashaydiganlar esa 1 kilometr uzoqlikdan o’tib ketayotgan yaqin tanishini hididan taniydi.

7. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, odamlarning aksariyati yangi tandirdan uzilgan non, endigina unib chiqqan o’simlik va kofening hidini ko’proq yaxshi ko’rarkan.

8. Yalpiz hidi nafaqat burun bitganda yordam beradi, balki miyaning yaxshi ishlashini ham ta’minlaydi.

9. Tangadagi hid aslida metallga tegishli emas, undan odamning ter hidi taralib turadi.

10. Odamning hid bilish uchun xizmat qiluvchi to’qimalari yoshlikda har 28 kunda yangilanib turadi. Lekin yosh o’tgan sari bu to’qimalar ham qarib, o’tmaslashib, yangilanishdan tiyila boradi.

11. Kofe donidan keladigan hid odam sergak tortishida yordam beradi.

12. Vanilin dunyoda eng kuchli hid taratuvchi modda sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.

13. Erkaklarning hid bilish qobiliyati ayollarnikiga nisbatan kuchliroq.

14. Odamning burni millionlab hidlarni miyaga yetkazib berish imkoniga ega.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…