YoNG’OQ HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Yong’oq nafaqat borligicha iste’mol qilinadi, balki uni turli murabbolarga, desertlarga ham qo’shishadi.
2. Yeryong’oq aslida yong’oqlar emas, balki dukkakli o’simliklar sirasiga kiradi.
3. Kokos yong’og’ini yong’oq deb atashsa-da, aslida bu oilaga umuman taalluqli yeri yo’q.
4. Kaliforniyada yong’oqning zaharli turi bor. Ammo uni hindu qabilalari qachonlardir ocharchilik yillarida iste’mol qilishgan.
5. Olmaxon yong’oqni sevadi. U yaxshi kunlarga deb yong’oq yig’adi va yerga ko’mib qo’yadi. Keyin qaerga berkitganini unutadi-yu, boshqatdan yig’a boshlaydi.
6. Yuz minglab yillar oldin odamlar yong’oqni ovqat o’rnida yeyishgan.
7. Antioksidant boshqa yong’oqlarga nisbatan grek yong’og’ida ikki barobar ko’p bo’ladi.
8. Kavkazda grek yong’og’i ilohiy daraxt sanaladi. Shu hududda qad rostlagan grek yong’oqlarining ayrimlari 400 yildan ko’p yashab qo’ygan.
9. Qadimiy Vavilonda oddiy fuqarolarga grek yong’og’i yeyish taqiqlangan. Chunki davlat rahbarlari bu yong’oq aqlni peshlaydi, oddiy fuqarolar aqlli bo’lib ketib davlatga bo’ysunmay qo’yadi deb hisoblashgan.
10. Odamlarda boshqa yong’oq turlariga qaraganda, yeryong’oqqa allergiya ko’proq bo’ladi.
11. Seyshel orollarida «Seyshel yong’og’i» deb atalgan yong’oq turi o’sadi. Uning har bir mevasi 30 kilogramm vaznga ega. Lekin bu yong’oq 9-10 yilda pishib yetiladi.
12. Qadimiy avstraliyaliklar qachonlardir «Makadamiya» deb nomlangan yong’oqni doimiy tarzda iste’mol qilishgan. Ammo hozir bu yong’oq turi juda qimmat turadi. Makadamiya hosili ham dunyo bo’yicha yiliga 40 tonnadan oshmaydi.
13. Grek yong’og’i asalga aralashtirilib, me’yorida iste’mol qilinsa, odam uyqusizlikdan bezovta bo’lmas ekan.
14. Ilgari o’rmon yong’og’idan odamlar tumorlar yasashgan. Aytishlaricha, shu tumor yovuz ruhlarni haydarmish.
15. Hindiston yong’og’i bo’lmish «Keshyu» tish og’rig’ini qoldirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Faqat uni qovurib yeyish talab etiladi.
16. 400 gramm grek yong’og’i yoshi ulug’ odam uchun bir kecha-kunduzlik taom o’rnini bosa oladi. Lekin bu miqdor organizmga jiddiy zarar yetkazishi ham ehtimoldan xoli emas.
17. Bitta grek yong’og’i daraxti bir yilda 300-500 kilogramm atrofida meva beradi.
18. «Faollashtirilgan ko’mir» (Aktivirovannыy ugol) grek yong’og’i po’stidan tayyorlanadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…