Joriy yilning 30 avgust kuni Xitoydan yangi qurilgan temir yo’l orqali O’zbekistonga 261 ta avtomobil ortilgan poezd yo’lga chiqdi. Bu haqda «Jenmin jibao» gazetasi yozmoqda.
Ma’lumotlarga ko’ra, avtomobil ortilgan poezd Xitoyning Lyuchjou avtomobil logistika bazasidan Toshkentga keladi. Bu Xitoy-Markaziy Osiyo temir yo’lida yuk tashish uchun yangi temir yo’l yo’nalishining ochilishiga bag’ishlandi.
Lyuchjou avtomobil qismlarini ishlab chiqarish va butlovchi qismlarni eksport qilishda Xitoyning asosiy zavodi hisoblanadi. Ushbu zavod yiliga 2,5 milliondan ortiq avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Qayd etilishicha, Nanning shahridagi Xitoy temir yo’llari boshqarmasi yuk tashishni tashkil qilishni optimallashtirib, Xitoy-Evropa va Xitoy-Markaziy Osiyo yuk tashish doirasida 5ta asosiy transchegaraviy kanallarni ochgan: Nanning-Moskva, Nanning-Olmaota, Lyuchjou-Moskva, Lyuchjou-Olmaota va Nanning-Toshkent.
Ushbu temir yo’llar orqali Guansi-Chjuan avtonom viloyati avtomobillar, og’ir texnika, oziq-ovqat va boshqa tovarlar eksport qiladi. «Lyuchjou-Toshkent» poezdining muvaffaqiyatli ishga tushirilishi Guansidan Yevropa va Markaziy Osiyoga yo’nalishlar soni oltitaga yetganini ko’rsatadi.