Olimlar Xitoyda Homo juluensis deb nomlangan qadimiy odamning yangi turini kashf etdi. Ushbu tur taxminan 200 ming yil avval yo‘qolib ketgan. Bu haqda “EcoNews” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Syuyszyayao hududida olib borilgan tadqiqotlar natijasida 16 nafar individning qoldiqlari topilgan. Ularning o‘ziga xos anatomik xususiyatlari bo‘lgan: yirik va keng bosh suyaklari hamda katta tishlar. Homo juluensis'ning bosh suyak hajmi 1700 santimetrdan 1800 kub santimetrgacha o‘zgarib, neandertallar va zamonaviy insonlardan qadimiyroq bo‘lgan. Zamonaviy voyaga yetgan Homo sapiens'ning bosh suyagi o‘rtacha 1350 kub santimetrni tashkil etadi.
Topilmalar orasida tosh asboblar, hayvon suyaklari va boshqa artefaktlar bo‘lib, ular ushbu odamlarning moslashuvchan hayot tarzini ko‘rsatadi. Homo juluensis ov qilishni, hayvon go‘shtini pishirishni va qattiq iqlim sharoitida yashash uchun teridan kiyim tayyorlashni bilgan.
Tadqiqotchilar Homo juluensis kichik guruhlar shaklida yashagani, bu esa ularni iqlim o‘zgarishlari va zamonaviy odamlar bilan raqobatga nisbatan zaif qilganini ta’kidlamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Homo juluensis ilk odamlar bilan genetik aralashuv natijasida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonning So‘g‘d viloyati Ayniy tumani Iskodar qishlog‘ida joylashgan qadimiy yerosti daxmasidan 25 dan ortiq skelet, shu jumladan uchta mumiyolangan jasad topilgan edi.