Routerni televizor yoniga joylashtirish eng ko’p uchraydigan xatolardan biri.
Internet xizmatingiz qanchalik yaxshi ishlashi Wi-Fi routerini qaerga joylashtirishga ham bog’liq, deb yozmoqda thesun.co.uk.
Routerni televizor yoniga joylashtirish eng ko’p uchraydigan xatolardan biri bo’lib, bu internet tezligiga ta’sir qilishi mumkin. TalkTalk kompaniyasi hodimlari routerlarni qozon shkaflari va radiatorlar yoniga qo’yish ham maqsadga muvofiq emasligini aniqladi. Ba’zi joylar nafaqat internetni buzishi, balki xavfli bo’lishi mumkin.
— Routeringizning joylashuvi uyingizdagi Wi-Fi ishonchliligiga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin, — deydi TalkTalk texnologiya gurusi Martin Ren-Xilton. — Ulanishdan maksimal darajada foydalanish uchun routerni polga emas, balki xonaga qaragan holda, yaqin atrofdagi to’siqlar va jihozlarsiz markaziy joyga qo’ying. Bu Wi-Fi signalini optimallashtirishga va qamrov doirasini maksimal darajada oshirishga yordam beradi.
Shunday qilib, mutaxassislar quyidagi joylarga Wi-Fi routerini qo’yishni tavsiya qilmaydi:
Isitish qurilmasi uchun mo’ljallangan shkaf
Bunday shkaf sochiqlaringiz uchun eng zo’r joy bo’lishi mumkin bo’lsa-da, bu sizning Wi-Fi routeringiz uchun yaxshi joy emas. Ushbu shkaf qurilma uchun juda issiqlik qiladi va uning haddan tashqari qizib ketish xavfi mavjud.
Kitob javonining kitoblar qatoridagi tirqish
Ba’zi odamlar Wi-Fi routerini kitob javonidagi kitobga o’xshatishga harakat qilishadi. Bu qalin narsalarning barchasi signalni to’sib qo’yishi mumkin.
Radiatorda
Routerni radiatorga joylashtirish juda yomon tanlovdir. Issiqlik nafaqat signallarni buzadi, balki yong’in xavfini ham yuzaga keltirishi mumkin.
Koridordagi quti ostida
Routeringizga qanotlarini yoyish uchun joy kerak. Yo’lakdagi quti uning to’liq salohiyatiga erishishga imkon bermaydi.
Mikroto’lqinli pechning tepasiga
Mikroto’lqinli pechlar zararsiz ionlashtiruvchi nurlanish darajasini chiqaradi. Bu sizga zarar keltirmasa ham, Wi-Fi dan keladigan signalga ta’sir qiladi.