UZOQ UMR NUQTALARI

Uzoq umr nuqtalari haqida eshitganmisiz? Yo’q, deb javob bersangiz, demak, bu maqolamiz aynan Siz uchun!

Birinchisi son va boldir suyagi birlashgan joyda, tizza qopqog’ining ostida joylashgan. Stulga o’tiring va oyoqlarni shunday joylashtiringki son va boldiringiz to’g’ri burchak hosil qilsin. Qo’l kafti tizza qopqog’i ostiga jipslashtiriladi. Shu holatda uzoq umr nuqtasi taxminan nomsiz barmoq o’rnashgan joyga to’g’ri keladi.
Agar barmoq bilan bosayotganingizda og’riq sezilsa, demak, bu nuqtani to’g’ri topdingiz. Soat aylanishi bo’yicha belgilangan nuqta 9 marta massaj qilinadi.

Ikkinchi nuqta esa qo’l kaftida joylashgan. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, u bosh va ko’rsatkich barmoqlar orasida (tashqi kaft yuzasida) o’rnashgan. Shu yerni 5-10 daqiqa massaj qilish organizmning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini mustahkamlashga yordam beradi.