Oklend universiteti olimlari hayotni uzaytiruvchi moddani topdilar. Ushbu preparat qo’llangan sichqonlar sheriklariga qaraganda o’rtacha o’n foizga uzoqroq yashagan. Tajriba natijalari Nature Aging jurnalida e’lon qilindi.
Tajriba davomida olimlar o’rtacha yoshdagi (taxminan bir yil) ikkita sichqonni o’rganishdi. Ratsionga dastlab mutaxassislar 20 yildan ortiq vaqt davomida izlanayotgan dori — «alpelisib»ni kiritilgan. Ushbu preparat saraton kasalligini davolashda samarali bo’lishi mumkin. Laboratoriya hayvonlarining ikkinchi guruhi shunchaki nazoratda saqlandi va odatdagidek oziqlantirildi.
Sog’lom sichqonlarda «alpelisib»dan uzoq muddatli foydalanish ularning umr ko’rish davomiyligi uch yilgacha, ya’ni taxminan o’n foizga oshishiga olib keldi. Sezilarli natijalarga qaramay, tadqiqotchilar hali ham odamlarda preparatni qo’llashga shoshililishmayapti, chunki ushbu modda bilan oziqlangan hayvonlarda suyak massasining kamayishi kabi salbiy belgilar ham kuzatilgan.