2023 yil 10 iyun kuni Istanbulning Otaturk Olimpiya stadionida bo’lib o’tadigan, dunyoning eng muhim sport tadbirlaridan biri bo’lgan UEFA Chempionlar Ligasi final o’yiniga ham sanoqli kunlar qoldi.
Qiziqarli madaniyat va san’at hayoti, mazali lazzatlari, tarixiy manzillari, noyob shahar me’morchiligi, yorqin tungi hayoti va keng ko’lamli xarid qilish imkoniyatlari bilan Istanbul futbol muxlislariga unutilmas sayohatni va’da qilmoqda. Yakuniy o’yin oldidan dunyoning eng hayratlanarli joylaridan biri bo’lgan ushbu dinamik metropolda bir hafta vaqt o’tkazishingiz orqali siz Istanbulni barcha tajribalari bilan kashf qilishingiz mumkin.
Chempionlar festivali
UEFA Chempionlar Ligasi finaliga bag’ishlangan Chempionlar festivali 2023 yil 8-11 iyun kunlari Istanbuldagi Yenikapi festivallar maydonida tashkil etiladi. Turkiyaning rasmiy turizm targ’ibot platformasi GoTürkiye shu kunning o’zida Chris Luno B2B Seaus, Guillaume de Kadebostaniy va Lost Frequensies ishtirokida 2 DJ lar guruhiga mezbonlik qiladi.
O’tmishning boy merosi bo’lgan tarixiy binolar
Istanbul o’zining ko’p madaniyatliligi, o’ziga xosligi va boy tarixini aks ettiruvchi tarixiy obidalari va me’morchiligi bilan dunyo bo’ylab minglab sayyohlarni o’ziga jalb etadi. Tarix davomida ko’plab sivilizatsiyalarga vatan bo’lgan bu shahar strategik joylashuvi tufayli turli davr va madaniyatlar izlarini aks ettirgan minglab tarixiy binolarga ega. «Tarixiy yarim orol»da shaharning bir qancha mashhur binolari joylashgan.
Istanbul minoralari ham diqqatga
sazovor joylardir. Galata minorasi, Istanbul siluetidagi mashhur inshoot, kuzatuv maydonchasidan shaharning ajoyib panoramik manzaralarini taqdim etadi. Boshqa tomondan, Istanbul Bosforining timsoli bo’lgan Qiz qal’asi tashrif buyuruvchilarga go’zal Istanbulni butunlay boshqa nuqtai nazardan tomosha qilish imkonini beradi.
San’at va madaniyatning noyob uyg’unligi
Boy tarixiy merosi bilan tanilgan Istanbul, davrning madaniy dinamikasini an’analar bilan uyg’unlashtirgan muzeylari, zamonaviy san’at galereyalari, madaniyat markazlari, nomdor san’atkor va dizaynerlar mehmoni bo’lgan ko’chalari va konsert maydonchalari bılan mashhurdir. Istanbulga tashrif buyurishdan oldin Otaturk madaniyat markazi (AKM) va Santral Istanbul kabi zamonaviy san’at markazlarining iyun taqvimlarini tekshiring, turli shou va tadbirlar uchun joy ajrating. Pera muzeyi, Atlas kino muzeyi, Istanbul Modern kabi muzeylarni ziyorat qilib, zamonaviy san’at nabzini his qilishingiz mumkin.
Uni kashf qilgan har bir kishini hayratga soluvchi taom madaniyati
Mohir oshpazning dasturxonidagi eng oddiy, ammo eng mazali taomlardan tortib, Istanbul har bir nozikta’b xo’randa uchun haqiqiy mo»jizadir. Bu esa Istanbulni dunyoning eng yaxshi gastro-shaharlaridan biriga aylantiradi. Istanbulning asrlar davomida mezbonlik qilgan turli madaniyatlar tomonidan shakllantirilgan maxsus turk oshxonasi bu shaharni ziyorat qilishning asosiy sabablaridan biridir.
Haqiqiy xarid zavqi
Tarixiy bozorlari, hashamatli nomdor butiklari va dizaynerlik do’konlari bilan Istanbul tashrif buyuruvchilarga boy xarid tajribasini taqdim etadi. Grand Bazaar va ziravorlar bozori kabi tarixiy xarid qilish majmualariga tashrif buyurib, shaharning qadimiy muhitini his qilishingiz va haqiqiy qo’lda ishlangan gilamlar, sopolli koshin buyumlar va an’anaviy hunarmandchilik kabi suvenirlarni xarid qilishingiz mumkin. Shuningdek, Taksim va Nishantashida dunyoga mashhur dizaynerlarning so’nggi urfdagi takrorlanmas asarlarini xarid qilishingiz mumkin.