Turkiyaning eng mashhur aktyorlari

Bugungi maqolamizda ko’plab qiz-ayollarning es-hushini aktyorlik mahorati va tashqi ko’rinishi bilan o’ziga rom etgan Turkiyaning eng mashhur aktyorlariga to’xtalamiz.

Burak OZChIVIT — faoliyatini modellikdan boshlagan va omadi chopib, 2003 yilda «Turkiyaning eng yaxshi modeli» nomini qo’lga kiritgan.

Turkiyaning eng mashhur aktyorlari

Vaqt o’tib, Ozchivit o’z kuchini kinoda sinab ko’radi. Bugun turk seriallari yulduziga aylangan yigitning o’smirlik davri futbol maydoni va sport zalida o’tgan. Ozvichit ilk rolini o’smirlar uchun suratga olingan «Minus 18» triller filmida ijro etgan.

Aktyorning qalbi go’zal aktrisa Faxriya Evjen tomonidan zabt qilingan.

 

Xalit ERGENCh — «1001 kecha» va «Muhtasham yuz yil» serialidagi roli orqali Turkiyaning eng ommabop aktyorlaridan biriga aylangan.

Turkiyaning eng mashhur aktyorlari

Xalitning birinchi turmush o’rtog’i boshlovchi Soyasaldi Gijem edi. Keyinchalik «1001 kecha» serialidagi partnyori Bergyuzar Korelga ko’ngil qo’yadi. Juftlikning Ali ismli o’g’li bor.

Ergench Bergyuzar hayotida muhim ahamiyatga egaligini u bilan o’tgan har bir daqiqa eng baxtli onlar ekanligini doim intervyularida aytib o’tadi.

 

Tolgaxan SAYIShMAN — boshqa hamkasblari qatori Tolgaxan ham faoliyatini modellikdan boshlagan va unga Parijdagi «Haute Couture» moda namoyishida ishtirok etish nasib qilgan.

Turkiyaning eng mashhur aktyorlari

Rejissyorlar nazariga tushadi va «Asirdagi qalb» serialidagi debyut rolini maromiga yetkazib o’ynaydi. Shundan so’ng Tolgaxan «Yer bilan Osmon» serialiga taklif qilinadi va ushbu roli aktyorga haqiqiy yulduzlik onlarini olib keladi. Tolgaxan nafaqat aktyor, balki mahoratli boshlovchiligi hamda moda namoyishlarida ishtiroki bilan doim omma e’tiborida.

 

Kivanch TATLITUG — o’nlab rollari orqali Turkiyaning mashhur «Golden Butterfly Awards» mukofotiga ikki marotaba sazovor bo’lgan. Muxlislari Kivanchni «Turkiyaning Bred Pitti» deb ham atashadi. Moviy ko’zli aktyor vaqtida ko’plab jurnallarning muqovasidagi suratlari orqali «Turkiya modeli» hamda «Dunyo modeli» nomiga sazovor bo’lgan.

Turkiyaning eng mashhur aktyorlari

Kivanch aktyorlikdan avval basketbol bilan shug’ullangan. Mashqlar jarayonida oyog’i lat yegach, sportni tark etib, o’zini model va aktyorlikda sinab ko’radi. Eng omadli rollari — «Taqiqlangan muhabbat», «Kapalaklar tushi» seriallaridagi rollari bo’ldi. Aytishlaricha, Kivanch juda tez oshiq bo’ladigan shu bilan birga romantikaga berilgan aktyorlardan ekan. Aktyorning o’zi esa «Men uchun oila muqaddas, har bir uy burchagidan bolalar kulgisi eshitilib turishini istayman», deydi.

 

Mehmet GYuNSYuR — yetti yoshidan reklama roliklarida qatnashishni boshlagan. 14 yoshga to’lgach yosh aktyorga «Bahorda gullagan atirgul» serialidan taklif tushadi. So’ngra ko’plab kinolarda rollar ijro etadi.

Turkiyaning eng mashhur aktyorlari

Mehmet qanday ishga qo’l urmasin omadi chopgan. Aktyorlik bilan birga modellikni ham birday olib boradi. Hozirda Gyunsyur suyukli rafiqasi Katerina bilan ikki farzandini tarbiya qilmoqda.

 

Hordiq gazetasidan olindi