Turkiya dunyodagi eng kuchli armiyani yaratadi. Bu haqda Rajab Toyyib Erdog’an ma’lum qildi, deya yozmoqda Zamon internet nashri.
“Biz armiyani dunyodagi eng kuchlisiga aylantirmaguncha mustahkamlashda davom etamiz. Ayniqsa,qurolli kuchlarning tiyib turish salohiyatini oshirishga alohida ahamiyat beramiz”, – degan u.
Turkiya yetakchisining so’zlariga ko’ra, ayrim sohalarda kadrlar yetishmovchiligi kuzatilayotgan bo’lsa-da, armiya muvaffaqiyatlarga erishishda davom etyapti. Bu ayniqsa, terrorizmga qarshi kurashda namoyon bo’lmoqda.
«Terrorizmga qarshi kurash bu tahdid butunlay yo’q qilinmagunga qadar davom etadi”, – deb qo’shimcha qilgan Erdog’an.
Izohlarni ko`rish