G’arbiy Afrikaning Gana davlatida joylashgan Mafi qishlog’ining 5 ming aholisi bor. Bu qishloq juda katta aholi yashash punktidir. Qiziq jihati bu aholining hech biri ushbu qilshoqda tug’ilmagan!
Gap shundaki, qishloqda bolalarni tug’ilishini taqiqlaydigan juda qadimiy tabu-qoida mavjud. Aytilishicha, bola tug’ish xudolarni xafa qilar ekan. Homilador ayollar tug’ish uchun boshqa qishloqlarga borishlari kerak bo’ladi.
Deyarli ibtidoiy davrdagi kabi yashaydigan Afrikada noyob bo’lgan bu g’alati taqiqdan tashqari yana ikkita g’alati qoidalar mavjud.
Bu qishloq hududida mushuklar, itlar, qo’ylar, echkilar yoki sigirlar kabi hayyvonlar yo’q. Bu erda hayvonot dunyosining yagona vakillaridan vaqti-vaqti bilan qishloq ustidan uchadigan qushlar mavjuddir.
Gap shundaki, Mafi qishlog’ida nasl qoldirishga moyil bo’lgan har qanday hayvonni saqlash va ko’paytirish taqiqlangan.
Uchinchi qonun — qabristonlarni taqiqlash. Mafi qishlog’idagi har bir marhum boshqa qabristonlarga dafn etish uchun olib ketiladi.
Ushbu uchta qoidaning barchasi (tug’ilishni taqiqlash, hayvonlarni taqiqlash va dafn marosimlarini taqiqlash) shu qadar qat’iyki, hatto zamonaviy hayot tarzi ham ushbu taqiqlarning yaqin kelajakda bekor qilinishiga imkon bermaydi.
Qishloq aholsis bu qoidalarga juda qat’iy amal qilishadi. Sababi ular xudolarni g’azablantirishdan qo’rqishadi. Agar ushbu qoidalardan birortasi buzilsa xudolarni tinchlantirish uchun maxsus poklanish marosimini o’tkazishlari kerak bo’ladi.
Manba: etnosuz
«Hordiq plyus» gazetasi endi telefoningizda! Marhamat, ochib o’qing!