«Tottenhem» stadionining nomi o'zgarishi mumkin

Angliyaning «Tottenhem» jamoasi o’z stadioni nomiga bo’lgan huquqlarini sotishi mumkin.

Dunyoga mashhur Google kompaniyasi londonliklar bilan muzokara o’tkazmoqda.

«Tottenhem Hospur Stedium» 2019 yilda ochilgan. Stadion 62 ming tomoshabinni o’z bag’riga sig’dira oladi.

Stadionda nafaqat APL va Chempionlar Ligasi o’yinlari, balki AQSh amerikancha futbolining yetakchi ligasi — NFL bahslari ham o’tkazilishi tufayli ushbu shartnoma Google’ni e’tiborini tortishi mumkin.

Google hozirda sport industriyasiga faol ravishda sarmoyalar kiritmoqda. Joriy yilning mart oyidan buyon kompaniya «Formula-1» jamaosi «Maklaren» bilan hamkorlik qilib kelmoqda, shuningdek, NBA va MLB beysbol ligasining tijoriy hamkori hisoblanadi.

Avvalroq Ispaniyaning «Barselona» klubi ham Shvetsiyaning musiqa va striming servisi Spotify bilan hamkorlik tufayli o’z stadioni nomini «Spotify Kamp Nou» deb o’zgartirgani xabar qilingandi.