Bugun, 27 dekabr kuni Toshkent shahri havo iflosligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Bu haqda IQAir portali .
Havo sifati indeksi (AQI) reytingiga ko‘ra, 27 dekabr soat 08:48 holatida Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha Dehlini ham ortda qoldirib, dunyoda 1-o‘rinni egalladi. Ushbu reytingda 2-o‘rinini Hindistonning Dehli shahri, 3-o‘rinni Pokistonning Laxor shahri, 4- o‘rinni Xitoyning Vuxan shahri egallagan.
Havo sifatining zararlilik darajasi uning o‘sish birligiga qarab belgilanadi va ranglarga bo‘linadi. Masalan:
Havo sifati 0-50 birlikgacha “yashil” daraja bilan yaxshi;
- 51-100 birlikgacha “sariq” daraja bilan o‘rtacha xavfli;
- 101-150 birlik holatida “olovrang” daraja bila zaif guruhlar uchun zararli;
- 151-200 birlikda “qizil” daraja bilan zararli;
- 201-300 birlikda “binafsharang” daraja bilan juda zararli;
- 301+ birlikda esa “bordo” rangi bilan xavfli deb baholanadi.