NASA olimlari geomagnit bo’ronlari haqida erta xabar beradigan tizimni ishlab chiqdi. U sun’iy intellektga asoslangan.
Yangi tizim bo’ronni ma’lum bir hududda yuzaga kelishini 30 daqiqa oldin bashorat qila oladi. Bundan tashqari, u hodisaning oqibatlarini baholashga yordam beradi.
Model ACE, Wind, IMP-8 va Geotail fazoviy sun’iy yo’ldoshlari ma’lumotlarini, shuningdek, yerosti stansiyalari ma’lumotlarini tahlil qiladi.
Model DAGGER deb nomlandi. Ishlanma mualliflarining fikriga ko’ra, u butun dunyo bo’ylab magnit bo’ronlarini bashorat qilish uchun ishlatilishi mumkin.
Magnit bo’ronlarining elektron texnologiyalardan faol foydalanayotgan zamonaviy dunyo uchun halokatli bo’lishi mumkin. Misol uchun, 1989 yilda quyosh bo’roni butun Kvebekda elektr energiyasini uzib qo’ygandi. O’shanda millionlab odamlar 12 soat davomida elektrsiz qolgandi. Kerrington hodisasi 1859 yilda birinchi telegraf stansiyalarida yong’inlarga sabab bo’lib, aloqa uzilishiga olib kelgan edi.
Olimlarning ta’kidlashicha, halokatli magnit bo’ronlari xavfi navbatdagi quyosh faolligi 11 yillik davrida eng yuqori cho’qqisiga chiqqanida ortadi. U 2025 yil iyul oyida yuz beradi. Ishlanma mualliflarining ta’kidlashicha, erta ogohlantirish infratuzilmani yaqinlashib kelayotgan quyosh bo’ronidan himoya qilish choralarini ko’rish, masalan, sezgir tizimlarni vaqtincha o’chirish yoki sun’iy yo’ldoshlarni boshqa orbitalarga o’tkazish imkonini beradi.