Bu qiziq

Singapurda dunyoda birinchi bo’lib sun’iy go’sht sotishga ruxsat berildi

Комментариев нет

Singapur hukumati dunyoda birinchi bo’lib laboratoriya sharoitida ishlab chiqilgan sun’iy go’shtni sotishga ruxsat berdi. Sun’iy go’sht sotish bilan AQSh kompaniyasi shug’ullanadi.

“Kelib tushgan takliflar va ularning xavfsizligini baholab, AQShning Eat Just kompaniyasiga sun’iy tovuq go’shtini sotishga ruxsat berishga qaror qilindi”, deb aytilgan Singapurning Oziq-ovqat agentligida.

Agentlik rahbari Tan Li Kimning ta’kidlashicha, sun’iy go’shtning xavfsizligi baholanishi davom ettiriladi, mutaxassislar bilan maslahatlashuvlar o’tkaziladi hamda yangi mahsulotlar bozorda paydo bo’lganda kuzatib boriladi.

Eat Just vakillarining ma’lum qilishicha, laboratoriya sharoitlarida olingan go’sht mikroblarni saqlash borasida tabiiy go’shtga nisbatan ancha toza hisoblanadi.

“Tahlillar, shuningdek, bunday go’shtlarda oqsil, turli aminokislotalar, foydali yog’ va minerallar ko’pligini ko’rsatdi”, deb ta’kidlab o’tilgan kompaniyada.

Singapurda sotuvga chiqariladigan birinchi sun’iy go’sht mahsuloti naggetslar bo’ladi.

tass.ru

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Fransiyada 300 kg vaznli erkak kran yordamida uydan olib chiqildi
Bu jonzot piyodalar yo’lagidan o’tish uchun yashil chiroqni kutmoqda.
Меню