Shotlandiyadagi Shrekning kulbasi ijaraga beriladi

Mashhur multfilm qahramoni Shrekning uyi kunlik ijaraga beriladi. U Shotlandiyaning Highland mintaqasida joylashgan.

Tavsifda aytilishicha, uy uch kishi uchun mo’ljallangan va uni Xellouin bayrami arafasida ijaraga olish mumkin. Uyning yonida haqiqiy ko’l bo’lib, ijarada turadigan odamlar kechki payt o’z vaqtlarini olov atrofida o’tkazishlari mumkin.