Prezidentlarning tashrifi va boshqa uchrashuvlarida ularning atrofida qora chemodan ko’tarib yurgan xos soqchilarga ko’zingiz tushganmi? Shavkat Mirziyoyevning ham xalq orasida yurganida qora chemodanli soqchilarni uchratish mumkin edi. Bu chemodanlarda nima bo’lishi mumkin. Bu haqida hech o’ylab ko’rganmisiz?
Ko’pgina yanglish ma’lumotlarga ko’ra, qora chemodanlar favqulodda vaziyatlar uchun qurol solib yurilishi aytiladi. Ammo, bu noto’g’ri ma’lumot.
Yana qaysidir manbalarda Rossiya Prezidenti Putin yonida yuruvchi soqchilarning qo’lidagi chemodanda atom bombasini ishga tushiruvchi tugmacha borligi aytilgan. Afsuski, bu qarashlar ham mutlaqo noto’g’ridir.
Gap shundaki, tansoqchilar ko’tarib yuruvchi chemodan haqiqiy emas. U chemodan ko’rinishidagi zirhli qalqondir. Soqchi birgina tugmani bosishi bilan chemodan kichik zirhli qalqon devorga aylanadi. Bu zirhli devor bilan favqulodda vaziyatlarda prezident xavfsizligi ta’minlanadi.