«Sharqiy axlat qit'asi» qaerda joylashgan?

Tinch okeanining shimolida «Katta Tinch okeani axlat tog’i»yoki «Sharqiy axlat qit’asi» deb nomlangan hudud mavjud. Okean oqimlari ta’siri ostida Osiyo va Amerikadan oqib kelgan katta miqdordagi plastmassa chiqindilar bu yerdagi suv qatlamlarida to’plangan. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, «axlat qit’asi» 700 ming kvadrat km maydonni egallaydi, bu Texas shtati yoki butun Fransiya hududi maydoniga teng. Boshqa ma’lumotlar bo’yicha esa ifloslangan hududning maydoni 15 million kvadrat kilometrga teng, bu Rossiya maydonidan atigi 2 million kvadrat kilometrga kam demakdir.

Ekologlar muammoga jamoatchilik e’tiborini qaratishga urinib, virusli kampaniyani ishga tushirdi, uning doirasida quruqlikni Trash Isles — Axlat orollari nomli davlat deb e’lon qilish taklif etilmoqda.