SERIYaLI QOTIL HAYoTDA QAYSI KASBNI KO'PROQ SEVADI?..

Kriminalist, jinoyat olamidagi tengsiz ekspertlardan biri Maykl Arnfild 50 yil davomida seriyali qotillikka qo’l uruvchi jinoyatchilar kundalik hayotda qaysi kasb egasi bo’lishni ma’qul ko’rishlari masalasida izlanishlar olib bordi va nihoyat bir to’xtamga keldi. Birinchi navbatda jinoyatchilar yuk mashinalari haydovchisi vazifasida ishlashni xush ko’rarkan. Sababi, bu kasb egasi bo’lish ularga yangi «o’lja» topish uchun keng imkoniyatlar hadya etadi.

Qolaversa, qotillar aviatsiya sohasidagi mexanik, etikdo’z, uy ta’mirlovchi usta, o’rmonchi, omborlar qorovulligi kabi kasblarga ko’proq intiladi. Ular kasbni azbaroyi sevganidan emas, jinoyat ko’chasida yangi qurbonlarni qiynalmasdan topa olish uchun tanlashadi.