1. Jinoyatchining jinoyatini bo’yniga qo’yishda barmoq izlaridan foydalanish amali dunyoda birinchi bo’lib 1902 yili Daniyada paydo bo’lgan.
2. Tarvuz tarkibidagi likopen moddasi to’qimalarni ziyonlanishdan ehtiyot qiladi, odamni yurak xastaliklariga duchor bo’lish xavfidan xalos etadi. Tarvuzdagi sitrullin hamda arginin moddalari ham tomirlarda qon aylanishini yaxshilaydi, organizmda ortiqcha yog’lar yig’ilishini bartaraf etib turadi. Ayniqsa, arginin moddasi yurak uchun koni foyda. Qolaversa, tarvuz iste’mol qilish yordamida qon bosimini tushirish osonroq kechadi.
3. Shimoliy Koreyada faqat harbiylar va hukumat a’zolarigina mashina sotib olish, shaxsiy avtomobiliga ega bo’lish huquqiga ega.
4. Qadimda Rossiyaliklar marvaridni tozalash uchun avval uni tovuqqa yutdirishgan. Keyin tovuqni so’yib oshqozonidan tozalangan marvaridni chiqarib olishgan.
5. Nonli stakandagi muzqaymoq ilk bor 1904 yili Sent-Luis shahrida namoyish etilgan.
6. 1872 yili Italiyada qizlarga 12 yoshdan turmushga chiqish huquqi berildi. Bunga qadar qizlar 12 yoshga yetmasdan turib ham turmushga chiqa olishardi.
7. 9-16- asrlar oralig’ida Angliyada bir qonun mavjud bo’lgan. Bu qonunga ko’ra angliyalik erkaklar har kuni kamondan o’q otish mashqini bajarishi majburiy edi.
8. Dunyo tarixida qor ham turli ranglarda yog’ganligi ko’p marotaba kuzatilgan. Masalan, 1969 yili Shveysariyada qora rangli qor yog’gan. 1955 yili esa Kaliforniyani yashil qor qoplagandi.
9. Dunyodagi eng keksa, qadimiy aloqa bo’limi Shotlandiyaning «Sanquer» shahrida joylashgan. Bu aloqa bo’limi 1712 yili ishga tushirilgan.
10. Yangi tug’ilgan chaqaloq daqiqasiga 40 marotaba nafas olib, nafas chiqaradi. Kattalarning bu xususdagi ko’rsatkichi esa daqiqasiga 12-20 martani tashkil etadi.