Semiz kelinni sevadigan yurt

Bu yurt Mavritaniya deb ataladi. Mavritaniya G’arbiy Afrikada joylashgan islomiy respublika sanaladi.

 

Bu yerda kelin qancha semiz bo’lsa, shuncha go’zal hisoblanadi. Shuning uchun ota-ona turmushga uzatish oldidan qizlarini alohida «tarbiyachi»lar ixtiyoriga topshiradi. Qizlar alohida joylarda o’sha tarbiyachilar nazoratida ko’proq va yana ko’proq ovqat yeya boshlashadi. 8-10 yoshli qizlar ikki kilogacha kuchli kaloriyaga ega taomni yeb bitirishlari, kuniga 100 stakan tuya suti ichishlari talab etiladi. Shundan keyin bu qiz yana bir boshqa joyga yuboriladi. Yangi joyda qiz bola hech qanday harakat sodir etmasdan, kechayu kunduz faqat ovqat yeyishi kerak bo’ladi.

 

Manba: etnosuz

«Hordiq plyus» gazetasi endi telefoningizda! Marhamat, ochib o’qing!