Angliyadan Monterey bo’g’oziga yo’l olgan ikki nafar sayyoh dengiz jonivorlarini tomosha qilishga ishqiboz edi.

«Biz o’ndan ortiq kitni kuzatdik. Ular xotirjam va xavfsiz edilar», — dedi sayyohlardan biri Mustill. Keyin esa turistlardan bir necha santimetr naridan suv ostidan 30 tonnalik kit chiqib keldi va ularning qayig’iga o’zini tashladi.

«Bu kit qaerdan paydo bo’lganini bilmay ham qoldik. U aql bovar qilmas darajada katta edi. Shunchalik katta ediki, quyoshni to’sib qo’ydi va uning tanasidan oqqan suv tomchilari bizga yomg’ir bo’lib quyildi», — deya eslaydi sayyohlardan biri. Biroq Mustill o’zini yo’qotib qo’ymadi. Zudlik bilan kitdan nari ketishga harakat qildi. Biroq kech bo’lgandi.

— Men tanam ustiga kelib tushgan katta kuchni his qildim. Bu juda og’riqli edi. Allaqachon o’lib bo’ldim, deb o’yladim. Biroq baxtimga bunday bo’lib chiqmadi.

Asosiy zarba sayyohlarning qayig’iga tushgani bois ular omon qolishdi.