Saudiya Arabistoni Ka'baga o'xshash kub shaklidagi dunyodagi eng katta binoni qurmoqchi (video)

Saudiya Arabistonida “Mukaab” deb nomlangan kub shaklidagi balandligi 400 metrli dunyodagi eng katta bino qurilishi rejalashtirilgan. Kub ichida 9 ming o’ringa mo’ljallangan mehmonxona bo’ladi. Binoning ichki devorlari ulkan kinoteatrga aylanadi. Shuningdek, bino ichida ulkan savdo markazi ham joylashtiriladi.