Rossiyada 2020 yilda eng boyigan milliarderlar o'ntaligi e'lon qilindi

Nashr yakunlayotgan yilda boyligi ko’paygan 10 nafar rossiyalik milliarder reytingini tuzdi. Unga Suleyman Kerimov yetakchilik qilmoqda. Milliarderning boyligi bir yil ichida 11 mlrd dollardan ko’proqqa ortib, umumiy hisobda 20,913 mlrd dollarga yetgan.

Ma’lum qilinishicha, Kerimovlar oilasi “Polyus” oltin qazib oluvchi kompaniyaning 78,6 foiz aksiyasiga va “Maxachkala” xalqaro aeroportiga egalik qiladi. Senator va uning oilasining boyligi oltin narxining oshishi va buning natijasida “”Polyus” aksiyalarining qimmatlashishi hisobiga ko’paygan. Ta’kidlanishicha, kompaniya aksiyalari bir yil ichida bir donasi uchun 6771,5 rubldan 15493 rublgacha qimmatlashgan.

2-o’rinni Universal Cargo Logistics kompaniyasi va NLMK’ga egalik qiluvchi Vladimir Lisin egallagan. Milliarderning boyligi bir yil ichida 5,413 mlrd dollarga ko’payib, umumiy hisobda 26,19 mlrd dollarga yetgan. Lisin bunday natijaga po’lat narxi oshgani hisobiga erishgan.

Etakchi uchlikka USM Holdings egalaridan biri va “Kommersant’” nashriyot uyi egasi Alisher Usmonov ham kiritilgan. Milliarderning bir yil ichida kapitali 3,636 mlrd dollarga ko’payib, jami 16,182 mlrd dollarga yetgan. Bunda tadbirkorga metallurgiya sohasidagi yuqorilash yordam bergan.

4-o’rinni Vladimir Potanin egallagan. Uning boyligi bir yil ichida 2,758 mlrd dollarga ko’payib, 26,582 mlrd dollarga yetgan. 5-o’ringa bir yil ichida boyligi 2,466 mlrd dollarga ortib, 22,687 mlrd dollarga yetgan Aleksey Mordashov qo’yilgan.

Reytingga, shuningdek, Rossiya Davlat dumasi deputati Andrey Skoch va uning oilasi (6-o’rin, bir yilda o’sish – 2,272 mlrd dollar, umumiy boylik – 7,367 mlrd dollar), Magnitogorsk metallurgiya kombinatining asosiy egasi Viktor Rashnikov (7-o’rin, o’sish – 1,423 mlrd dollar, umumiy boylik – 10,293 mlrd dollar), Roman Abramovich (8-o’rin, o’sish – 1,33 mlrd dollar, umumiy boylik – 13,694 mlrd dollar), Leonid Boguslavskiy (9-o’rin, o’sish – 1,256 mlrd dollar, umumiy boylik – 3,153 mlrd dollar) va Viktor Xaritonin (10-o’rin, “Farmstandart” asoschilaridan biri va koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqayotgan “Biokad” egalaridan biri, o’sish – 1,226 mlrd dollar, umumiy boylik – 2,439 mlrd) kiritilgan.