Italiyaning poytaxtida Buxoro amirining oltin kolleksiyasi aniqlandi.
Bu haqda kecha Samarqandda bo’lib o’tayotgan VI Xalqaro kongressda mashhur Sharq xalqlari san’ati milliy muzeyi vakili Paola Damore ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, Sharq xalqlari san’ati milliy muzeyi vakili o’z nutqida Rimning “Juzeppe Tuchchi” muzeyidan Buxoro amirining oltin kolleksiyasi saqlanayotganini bildirgan.
«Bu shaxsan men uchun Kongressdan olgan eng katta yangiliklardan biri bo’ldi»,-deydi Paola Damore.
Shuningdek, muzeydan Kushonlar davriga oid osori-atiqalar – marjonlar, uzuklar, bilaguzuklar, sirg’alar va tilla quymalari, O’zbekiston tarixiga oid turli bezakli taqinchoqlar o’rin olganini ham aytib o’tilgan.
Paola Damore 60 jildlik «O’zbekiston madaniy merosi jahon to’plamlarida» kitob-albomiga alohida qiziqish bildirib, Butunjahon jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni qo’llab-quvvatlashini aytgan.