Italiya janubidagi Pompey antik shahrida olib borilayotgan arxeologik qazishmalar chog’ida tantanalarda ishlatilgan to’rt g’ildirakli arava topildi.
Temir aravaning ustida bronza va qalay aralashmasidan yasalgan erotik bezaklar mavjud va ular yaxshi saqlanib qolgan. Olimlarning fikricha, bunday arava Italiyaga xos bo’lib, Rim zodagonlari undan marosim va tantanalar paytida foydalangan.
Italiya Madaniyat vazirligi yana 20 gektarlik maydonda qazishmalar olib borilishini ma’lum qildi.
Qadimgi Pompeyda maishatbozlik va buzuqchiliklar avj olgani ma’lum. Qazishmalar chog’ida topilgan buyumlar, peshtoqlardagi tasvirlar, saroy devorlariga ishlangan rasmlar shaharda fohishabozlik, besoqolbozlik, ichkilikbozlik kabi illatlar odatiy hol bo’lganini ko’rsatadi. Pompey shahri 79 yilning 24 avgustida Vezuviy vulqonining ortilishi oqibatida halokatga uchragan.
azon.uz
«Hordiq plyus» gazetasi endi telefoningizda! Marhamat, ochib o’qing!