Tadqiqot natijalari Xitoy eng ko’p chekuvchi mamlakat ekanini ko’rsatdi. Bu ro’yxatga Hindiston, Indoneziya, AQSh, Rossiya, Bangladesh, Yaponiya, Turkiya, Vyetnam va Filippin davlatlari ham kiritilgan.
Tahlil xulosalariga ko’ra, Xitoyda har uchinchi fuqaro sigaret chekadi. Dunyoda kashandalar soni 1,1 mlrd ga yetgan. Dunyoda 7,7 mlnga yaqin odam tamaki iste’moli tufayli vafot etgan. Shulardan har beshinchisi erkak kishidir.
Ekspertlarning aniqlashicha, chekish inson hayotini qariyb 10 yilga qisqartiradi. Chekishni sinab ham ko’rmaganlar odatda ko’proq yashaydi.
Izohlarni ko`rish