Turkiyalik mashhur xonanda Tarkan O’zbekistonda konsert bermaydigan bo’ldi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.
Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, xonandaga Toshkentda konsert qo’yish uchun 143 ming dollar taklif qilingan. Lekin u taklifni rad etgan.
Ta’kidlanishicha, xonanda O’zbekistonda epidemiologik vaziyat sabab konsert berish fikridan qaytgan. Tarkan sog’lig’ini xavfga qo’yishni istamagan. Ta’kidlash joiz, Tarkan dunyoga mashhur xonandalardan biridir. Uning albomi 19 mln nusxada sotilgan.
Izohlarni ko`rish